Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Qaror hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hozircha xalq muhokamasida, uzil-kesil qaror qabul qilinganicha yo‘q.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi media mahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi haqidagi muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, loyiha media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi, OAV, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting